12:46 / 14.08.2020
5 344

Qo‘qonda 3 ming dollarlik elektromobillarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

Qo‘qonda 3 ming dollarlik elektromobillarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati
Farg‘ona viloyatida joylashgan «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev «Shaffof omad sanoat» MCHJ tomonidan bunyod etilayotgan elektromobillar zavodi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Kompaniya rahbari G‘ofurjon Usmonovning ta’kidlashicha, korxona karer o‘rnida joylashgan. Dastlab yetti metrli xandaq to‘ldirilgan. Endi 30 ming metr kvadrat maydonda ishlab chiqarish inshootlari qurilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati
Qayd etilishicha, erkin iqtisodiy zonada 40 dan ziyod korxona ishlab turgan bo‘lsa-da, hali qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
«Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida bugunga qadar umumiy qiymati 228,7 million dollar miqdoridagi 84 ta investitsion loyihalar joylashtirilgan.

Amalga oshirilgan 43 ta loyiha natijasida iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan 2020 yilning yanvar—iyul oylarida 830,7 milliard so‘mlik yoki 80,6 million dollar miqdorida mahsulot ishlab chiqarilib, 15,9 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasidagi «Shaffof omadli sanoat» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishgandi va davlat rahbariga narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar namunalari namoyish etilgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qo‘qonda 3 ming dollarlik elektromobillarni ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda