08:10 / 04.09.2020
3 243

Afg‘onistonda 1200 dollarlik elektrokarlar yig‘ilmoqda (foto)

Afg‘onistonda 1200 dollarlik elektrokarlar yig‘ilmoqda (foto)
Amin Noor kompaniyasi Afg‘onistonda avtomobil sanoatining birinchi ishtirokchisiga aylandi. Kompaniya 11 turdagi yo‘lovchi va yuk mashinalarini ishlab chiqaradi. Bugungi kunga kelib 200 ga yaqin avtomobil o‘z mijozini topishga ulgurdi.

Mashinalarning e’tiborli jihati ularning narxidadir. Har bir mashina $1200 dan $2500 gacha baholangan.

Barcha transport vositalari zavodning o‘zida ishlab chiqarilmoqda, ammo tarkibiy qismlarning katta qismi Xitoydan olib kelinadi.
Kompaniya rahbari Ahmad Ziyoning aytishicha, oxirgi uch yil ichida lokalizatsiya darajasi 80% ga yetdi. Keyingi 5-10 yil ichida ushbu raqamni 100% ga yetkazish reja qilingan.


Afg‘oniston Iqtisodiyot vaziri Mustafo Mansurning so‘zlariga ko‘ra, Amin Noor kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan mashinalarga mamlakat ichidagi talab juda yuqori.


"Avvalambor bu ekologik xavfsiz mashinalardir, chunki ular quvvatlangan batareyalarda ishlaydi. Yana bir jihat, ularning narxidir. Iste’molchilar ularni bemalol sotib olishi mumkin, chunki mashinalar arzon“, - dedi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Afg‘onistonda 1200 dollarlik elektrokarlar yig‘ilmoqda (foto)