Foto: Autoevolution
Italiyada Ares Design atelesi Ares B modelini taqdim etdi. Uning asosini kuzovi tyunerlar tomonidan qayta ishlangan sakkizinchi avlod Chevrolet Corvette Stingray tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.
Modenadagi Ares Design atelesi Legends Reborn loyhasi bilan tanilgan bo‘lib, ustalar uning doirasida zamonaviy avtomobillarning yurish qismidan foydalanib, klassik modellarni «qayta tiriltiradi». Lamborghini Huracan bazasidagi Panther ProgettoUno loyihaning birinchi modeliga aylangan.
Foto: Autoevolution
Biroq Ares S boshqa bir avtomobilga taqlid emas, balki Lotus yoki Koenigsegg giperkarlarini yodga soluvchi karbon kuzovli orginal kupega aylangan. Model old kabina, bo‘rtib chiqqan g‘ildirak arkalari, ugleplastik diskalari, sariq tormoz supportlari va Michelin shinalari bilan jihozlangan.
Foto: Autoevolution
Texnik qismini esa biroz o‘zgartirilgan Corvette C8 avtomobiliniki tashkil etadi. Ares S 715 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 dvigateli yordamida harakatga keladi.
Italiyalik ustalar ikki yil ichida 24 ta Corvette’ni giperkarga «aylantirish»ni rejalashtirmoqda. Avtomobilning har bir nusxasi 500 ming yevro turadi. Taqqoslash uchun, oddiy Stingray narxi o‘n barobar arzon — 58,9 ming dollar.
Foto: Autoevolution
Foto: Autoevolution
Foto: Autoevolution “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!