09:06 / 05.11.2020
2 288

Jeyms Bond haydagan Aston Martin’ning joyidan siljimaydigan nusxasi 200 ming dollarga sotildi (foto)

Jeyms Bond haydagan Aston Martin’ning joyidan siljimaydigan nusxasi 200 ming dollarga sotildi (foto)
Foto: Bring a Trailer
Bring a Trailer auksioni orqali «Josus 007»ga tegishli bo‘lgan 1964 yilgi klassik Aston Martin DB5’ning noodatiy nusxasi sotildi. Mashina tashqi ko‘rinishi bilan haqiqiy sportkardan farq qilmaydi, ammo u faqatgina garajni bezashga xizmat qiladi. Haydab bo‘lmaydigan avtomobil uchun ismini oshkor etishni istamagan muxlis 200 ming dollar to‘lagan, deb yozadi Motor.

Avtomobil kuzovi haqiqiy o‘lchamda shisha toladan ishlangan va trubasimon karkas bilan mustahkamligi oshirilgan. Nusxaning na dvigateli va na transmissiyasi bor.

Mashina bamperlari ushbu nusxa uchun maxsus buyurtma asosida zanglamaydigan po‘latdan, batareyalar yordamida ishlaydigan optikasi, radiator panjarasi, peshtaxtasi va Vredestein shinalari kiygizilgan 72 kegayli g‘ildiraklari haqiqiy Aston Martin’niki.

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer
Jeyms Bond haqidagi filmlardagi kabi DB5 josuslarning qurilmalar bilan to‘ldirilgan. Ular orasida soxta radiolokatsion antenna, raqamlari almashadigan «tablichka», orqa tomondan o‘q o‘tkazmaydigan panel va qalin tutun hosil qiladigan qurilma mavjud. Shuningdek, «o‘q ovozlari» balandligi boshqariladigan sun’iy pulemyot hamda 007 logotipi ham o‘rnatilgan.

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer
Mashina saloni sun’iy charm bilan qoplangan, retro-telefon, haqiqiy qurilmalar paneli va kuzatilayotganini imitatsiya qiluvchi pirpiraydigan yorug‘lik indikatoriga ega radar xarita ham mavjud. Yana bir o‘ziga xos jihati old o‘rindiqdagi yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan — Eject tugasi bosilganda u o‘rindiq ostidan keskin silkinishni his qiladi.

Foto: Bring a Trailer

Foto: Bring a Trailer

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jeyms Bond haydagan Aston Martin’ning joyidan siljimaydigan nusxasi 200 ming dollarga sotildi (foto)