23:13 / 10.11.2020
2 821

Rossiyaning haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari boshqa mashinalar kabi oddiy yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi

Rossiyaning haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari boshqa mashinalar kabi oddiy yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi
Foto: «NAMI» federal davlat unitar korxonasi
Rossiyaning «Glonass» notijoriy tashkiloti vakillari haydovchisiz boshqariladigan mahalliy tizimning yangi sinovlari boshlanganini ma’lum qildi. Dekabr oyidan Moskva viloyatidagi yo‘llarda bir nechta ishlab chiqaruvchilarning mashinalariga o‘rnatilgan avtonom qurilmalar real transportlar oqimida sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi Motor.

Haydovchisiz boshqariladigan tizimning test jarayonlarida Rossiyadagi oltita ishlab chiqaruvchi ishtirok etadi. Sinovlar vaqtida kameralar, radarlar, lidarlar va boshqa ixtirochi-kompaniyalarining qurilmalaridan uzatiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini kuzatish rejalashtirilmoqda. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarga yagona reglament bo‘yicha ma’lumot almashishi imkonini beradigan texnik standartni yaratishdan iborat.

Sinovlar 2020 yilning dekabrida Moskva viloyati yo‘llarida o‘tkaziladi. Mutaxassislar avtonom texnologiyani mashinalar oqimida tekshirib ko‘radi. Ta’kidlanishicha, to‘laqonli avtonom avtomobillarni joriy etilishiga hali ancha vaqt bor. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan avtomobillardan foydalanishning hozircha imkoni yo‘q. Chunki mamlakatda maxsus yo‘l infratuzilmasi shakllanmagan, shuningdek, bu kabi mashinalarning umumiy foydalanishdagi yo‘llarda mustaqil harakatlana olishini ta’minlaydigan huquqiy baza mavjud emas.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, avtonom avtomobillarni Rossiyada faqatgina rulda haydovchi o‘tirgan holda va 13 ta viloyatda, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgda sinovdan o‘tkazish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyaning haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari boshqa mashinalar kabi oddiy yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi