Global NCAP assotsiatsiyasi Hindiston bozori uchun mo‘ljallangan ruli o‘ng tomonda joylashgan Kia Seltos ustida krash-test o‘tkazdi. Uslub yagona sinovni o‘z ichiga oladi: soatiga 64 kilometr tezlikda 40 foizli qoplama bilan old tomoni orqali deformatsiyalanuvchi barerga urilish. Krossover o‘rtacha bahoni qo‘lga kiritgan: mavjud beshta yulduzdan uchtasini, deb xabar beradi Motor.
Sinovda Hindiston uchun yig‘ilgan old qismida ikkita xavfsizlik yostiqchasiga ega bazaviy Seltos ishtirok etgan. Modelning ushbu variantidan bolalar o‘rindig‘ini qotirishga mo‘ljallangan Isofix va o‘rtadagi yo‘lovchi uchun xavfsizlik kamari o‘rin olmagan.
Seltos’dan frontal zarba oqibatida yuzaga keladigan haydovchining oyog‘i ostidagi polning «nostabilligi», shuningdek, kuzovning kuchli deformatsiyaga uchragani uchun ballar olib tashlangan.
Bu Kia Seltos ustida o‘tkazilgan birinchi krash-test emas. 2019 yilning oxirida krossover xavfsizligini Avstraliyaning ANCAP mustaqil tashkiloti tekshirgan edi. O‘shanda u sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, mavjud beshta yulduzning barchasini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi