Foto: Daniel Acker / Bloomberg via Getty Images
AQSHning General Motors (GM) avtokonserni o‘z avtomobillarida o‘rnatilgan Takata firmasining xavfsizlik yostiqchalarida nosozliklar bo‘lishi mumkinligi sababli 6 mlnta avtomobilini qaytarib olmoqda.
GM’da ta’kidlanishicha, kompaniya AQSH transport vazirligining Yo‘l xavfsizligi milliy boshqarmasi (NHTSA) talabini bajarmoqda. “Ilmiy ma’lumotlar va tekshiruvlar natijalariga ko‘ra mashinalarni qaytarib olishga zarurat yo‘q deb hisoblashimizga qaramay, NHTSA mashinalarda xavfsizlik yostiqchalarini almashtirishni talab qildi. Biz bundan norozimiz, biroq NHTSA qaroriga bo‘ysunamiz va barcha zarur choralarni ko‘ramiz”, deb ta’kidlab o‘tilgan kompaniyada.
Avvalroq NHTSA GM’dan 6 mlntaga yaqin pikap va yo‘ltanlamaslarini qaytarib olishni talab qilgan. Ta’kidlanishicha, kompaniya bu bilan bog‘liq holda 1,2 mlrd dollarlik ziyon ko‘rishi mumkin.
Yaponiyaning Takata kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan xavfsizlik yostiqchalaridagi muammolar sababli 2014 yilda mojaro markazida qolgandi. Kompaniyaning xavfsizlik yostiqchalari avtofalokat vaqtida to‘g‘ri ochilmay, yorilib ketishi yoki hattoki avtomobil ichidagi odamlarga metall bo‘laklari otishi mumkin bo‘lgan. Bunday ko‘ngilsiz hodisalar tufayli butun dunyoda kamida 23 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan. Umumiy hisobda ushbu texnik nosozlik sababli turli markalarning 100 mlnga yaqin avtomobili qaytarib olingan, Takata esa 2017 yilda kasodga uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

"Subaru" tormoz tizimini tekshirish uchun 100 mingta avtomobilini qaytarib olmoqda

Mercedes butun dunyodan 1 million avtomobilini qaytarib oladi

General Motors jahon bo‘yicha 800 ming avtomobilini chaqirib oladi

GM rul boshqaruvidagi muammolar sabab 800 ming avtomobilini qaytarib oladi

Tesla jahon bozoridan Model S elektromobillarining barchasini qaytarib oladi

General Motors’ning Peterburgdagi zavodi butunlay yopildi