12:11 / 10.12.2020
4 955

Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartirildi

Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartirildi
Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi, deya xabar qilmoqda Norma.

Nizomda quyidagilar belgilangan:
  • avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish tartibi;
  • avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi;
  • avtomototransport vositasini qayta jihozlashga va (yoki) avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirishga ruxsat etuvchi talablar va shartlar.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Mazkur qaror kuchga kirgach, Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Hujjat 2021 yil 1 yanvarda kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartirildi