22:05 / 15.12.2020
5 299

Xitoy O‘zbekistonga Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasini yubordi

Xitoy O‘zbekistonga Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasini yubordi
Foto: SAIC-GM
Amerikaning General Motors va Xitoyning SAIC Motor qo‘shma korxonasi bo‘lgan SAIC-GM 12 dekabr kuni 209 ta avtomobildan iborat yangi Chevrolet Tracker’larning birinchi partiyasini O‘zbekistonga jo‘natdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan Chevrolet Tracker birinchi marta mamlakatdan tashqariga chiqdi — bu model 2019 yil iyun oyida taqdim etilgan va faqat Xitoy ichki bozorida sotilgan.

Foto: SAIC-GM
Yangi Chevrolet Tracker O‘zbekistonda Tracker nomi bilan sotiladigan Chevy Trax o‘rnini bosadi. Mahalliy ishga tushirish yanvar oyining birinchi haftasiga rejalashtirilgan.

Foto: SAIC-GM
Avvalroq aprel oyida ushbu kompaniya O‘zbekistonga 216 ta Chevrolet Equinox avtomobillarini yuborgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoy O‘zbekistonga Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasini yubordi