15:45 / 16.12.2020
4 517

Kunduzi «fara»larni yoqib yurish tartibi bo‘yicha IIV YHXBB izoh berdi

Kunduzi «fara»larni yoqib yurish tartibi bo‘yicha IIV YHXBB izoh berdi
1 yanvardan boshlab, kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib yurish qoidasi yana kuchga kirishi haqida xabar berilgandi.

IIV YHXBB ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:
«Haqiqatdan ham, «Yo‘l harakati qoidalari»ning 138-bandida «Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart»ligi belgilangan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘rsatilgan.

Ushbu masala yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining o‘z fikr mulohazalari mavjud bo‘lib, tegishli takliflar tayyorlangan va ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlar belgilanmoqda.

O‘ylaymizki, belgilanayotgan chora-tadbirlar xalq manfaatlariga xizmat qiladi
», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Kunduzi «fara»larni yoqib yurish tartibi bo‘yicha IIV YHXBB izoh berdi