Joriy yilning 17 dekabr sanasida keng jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi.
Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat bo‘yicha majburiy etib belgilandi:
- transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
- yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
- bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
- xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
- mexanik transport vositalarini shatakka olishda;
- motosikl va mopedlarda.
Ushbu talablar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrashga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Hukumat avtomobil faralariga oid qarorni bekor qilishi mumkin

Kunduzi «fara»larni yoqib yurish tartibi bo‘yicha IIV YHXBB izoh berdi

1 yanvardan kunduzgi chiroqlarni yoqmay harakatlanish jarimaga sabab bo‘ladi

2022 yildan ba’zi toifadagi transport vositalarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlanadi

Hukumat qarori: «Fara»larni yoqib yurish bo‘yicha talabga o‘zgartirish kiritildi

Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi