09:44 / 30.12.2020
3 852

O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin

O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «O‘zavtosanoat» AJ xalqaro konsalting tashkilotlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 yil 1 fevralga qadar loyihalarni amalga oshirish aniq muddatlari, ishlab chiqarish quvvati, moliyalashtirish miqdori, davlat tomonidan beriladigan ko‘maklar va boshqa ma’lumotlarni nazarda tutgan «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarida faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ishlab chiqarish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Moliya vazirligi 2021 yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirishda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalari respublika hududida xarid qilinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda avtomototransport vositalari egalari (ulardan foydalanuvchilar) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlarni bekor qilishni nazarda tutadi.

Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida zamonaviy texnologik tizimlardan foydalangan holda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zaryadlash terminallarini o‘rnatishni tashkil qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin