Samarqand viloyatidagi onlayn auksionda savdoga qo‘yilgan qimmatbaho avtoraqam allaqachon Samarqand shahri ko‘chalarida harakatlanayotgan avtomobillardan biriga taqilgani aks etgan surat tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqdagi yana bir videoda esa boshqa bir avtomobilda xuddi shu avtoraqam (30 Z777ZZ) borligini ko‘rish mumkin.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bu holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu davlat raqam belgisi viloyat IIB YHXB ixtiyorida saqlanmoqda.
«Samarqand ko‘chalarida taqib yurilgan «Malibu» rusumli mashinadagi raqam fotoshop dasturi orqali qo‘yilgan. Ushbu raqam auksion orqali sotib olgan fuqaroga tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi haqiqatga yaqin bo‘lmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz», deyiladi viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
![]()
Shuningdek, keyinroq tarqalgan ikkinchi video yuzasidan izoh berilgan.
«Ushbu raqam oq rangli «Malibu» avtomashinasiga qo‘lbola yasab o‘rnatilganligi aks etgan video ham tarqaldi. Hozirda ushbu haydovchini aniqlash choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Ayni daqiqalarda 30 Z777ZZ davlat raqami uchun onlayn auksion davom etmoqda va bu raqamning narxi 596 mln so‘mga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Avtomobil sotilganda, «chiroyli» raqam olib qo‘yiladimi?

Onlayn auksionda 2 millard so‘mlik “chiroyli raqamlar” sotildi!

10 ming dollardan ziyodga yana bir "chiroyli raqam" sotildi

“Oltin raqamlar” onlayn auksionga qo‘yildi!

BAAda «10» davlat avtomobil raqam belgisi 2,7 mln dollarga sotildi

Toshkent ko‘chalarida davlat raqam belgisi TAJRIBA bo‘lgan Lacetti harakatlanmoqda