23:36 / 05.02.2021
3 321

Avtojarimalar haqida oson va bepul ma’lumot olish yo‘li

Avtojarimalar haqida oson va bepul ma’lumot olish yo‘li
Bugun jismoniy va yuridik shaxslar uyda yoki ishxonadan turib ham avtotransport vositalari, jumladan, sug‘urta polisi, sug‘urta hodisasi (yo‘l-transport hodisasi) hamda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turish imkoniyatiga ega.

Ushbu xizmat barcha shaxslarga ko‘rsatiladi. Ham vaqt, ham naqdingizni tejash borasida ham munosib tanlov. Faqat buning uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

Endi siz my.gov.uz portalidagi «Avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumot» xizmatidan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.

Mazkur xizmat turini tanlagach, transport vositasini qo‘shish uchun profilingizning Avtotransport bo‘limidagi «qo‘shish» bandiga o‘tasiz. Hamda avtotransportingiz haqidagi ma’lumotlarni ketma-ket to‘ldirasiz.

Navbatdagi jarayonda «Jarimalar to‘g‘risida ma’lumot» bo‘limiga ham obuna bo‘lsangiz, barcha ma’lumotlardan avtomatik ravishda va bepul xabar topib turasiz. Shu bilan birga to‘lovlarni elektron ravishda amalga oshirish imkoniyati ham bor.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/80

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtojarimalar haqida oson va bepul ma’lumot olish yo‘li