00:11 / 10.02.2021
2 408

Rolls-Royce kompaniyasi qushlarning pati bilan bezatilgan «kamalak» Phantom’ini namoyish etdi (foto)

Rolls-Royce kompaniyasi qushlarning pati bilan bezatilgan «kamalak» Phantom’ini namoyish etdi (foto)
Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence
Abu-Dabida qushlarning patlari bilan bezatilgan noyob «kamalak» Rolls-Royce Phantom’ning premerasi bo‘lib o‘tdi. Iridescent Opulence nomi ostidagi sedanning maxsus versiyasi yagona nusxada yaratilgan bo‘lib, uning o‘ziga xosligi — old paneli uch mingta patlar bilan bezatilganida, deb xabar beradi Motor.

Phantom Iridescent Opulence’ni bezatish bilan Shveysariyaning Nature Squared firmasi shug‘ullangan. Ustalar yo‘lovchi qarshisidagi panelni bezashda nomi oshkor qilinmagan qushlarning patidan foydalangan. Ta’kidlanishicha, patlar o‘ziga xos usulda, sterillangan xonada matoga tushirilgan, hosil bo‘lgan tasvir esa «qanot shaklini takrorlaydi».

Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence
Rolls-Royce Phantom old paneli markazidagi soat saqlanib qolgan, shu bilan birga, xronometr asosini patlar tashkil etadi — shaffof korpus orqali kamalaksimon ranglar yaxshi ko‘rinadi. Eksklyuziv Iridescent Opulence sedani korpusining ichki qismi ham shunga mos ravishda yaratilgan: u ikki xil rangda bo‘lib, korpus yoni uchta pat tasviri tushirilgan binafsha rangiga bo‘yalgan.

Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence

Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence
Qolgan jihatlari bilan Rolls-Royce Iridescent Opulence sakkizinchi avlod oddiy «Fantom»laridan farq qilmaydi. Unga 571 ot kuchiga ega (900 Nm) 6,75 litrli V12 turbomotori o‘rnatilgan: agregat 8 pog‘onali tezkor avtomat uzatmalar qutisi yordamida ishlaydi.

Noyob Phantom Iridescent Opulence BAAning Rolls-Royce ko‘rgazma zalida namoyish etiladi: maxsus versiya ingliz brendining flagman sedanini shaxsiylashtirishning misli ko‘rilmagan imkoniyatlarini namoyish etadi.

Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence

Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence

Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence

Foto: Rolls-Royce Phantom Iridescent Opulence

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rolls-Royce kompaniyasi qushlarning pati bilan bezatilgan «kamalak» Phantom’ini namoyish etdi (foto)