17:54 / 10.02.2021
2 616

Rossiyada Ikkinchi jahon urushiga oid nemis yo‘ltanlamas-amfibiyasi 160 ming dollarga sotilmoqda (foto)

Rossiyada Ikkinchi jahon urushiga oid nemis yo‘ltanlamas-amfibiyasi 160 ming dollarga sotilmoqda (foto)
Foto: «Auto.ru»
Tyumenda 1943 yilda ishlab chiqarilgan noyob Volkswagen Type 166 Schwimmwagen yo‘ltanlamasi sotuvga qo‘yildi. Ideal holatda saqlangan harbiy amfibiya 12 million rublga (162,5 ming dollar) baholanmoqda, deb yozadi Motor.

Volkswagen Type 166 Schwimmwagen 1942 yildan 1944 yilga qadar ishlab chiqarilgan. To‘liq uzatmali avtomobilning qorda, qumda, suv va loyli yo‘llarda ham harakatlanishga qodir bo‘lib, u Germaniya Qurolli kuchlari uchun maxsus yaratilgan. Harbiy yo‘ltanlamas Ferdinand Porshe va Ervin Komendning hamkorlikdagi ishi natijasi hisoblanadi. Nemis korxonasida jami 14 mingga yaqin shu turdagi yo‘ltanlamas yig‘ilgan bo‘lib, hozirga qadar ularning 200 dan kamrog‘i saqlanib qolgan.

Foto: «Auto.ru»
Sotuvga qo‘yilgan nusxa ideal holatda. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, to‘rt o‘rindiqli yo‘ltanlamas zavoddan chiqqanidan buyon dastlabki holatida saqlanib qolgan 13 ta mashinadan biri hisoblanadi. Amfibiya hech qachon modernizatsiya qilinmagan, ehtiyot qismlari original. Yo‘ltanlamas yumshoq yig‘iluvchan tom va kapotida zaxira g‘ildiragi bilan jihozlangan. 77 yillik tarixga ega Volkswagen Type 166 umumiy hisobda 340 kilometr yo‘l bosgan.

Foto: «Auto.ru»
Nemis amfibiyasi 25 ot kuchiga ega 1,1 litrli benzin dvigatel yordamida harakatga keladi. Agregat mexanik transmissiya yordamida ishlaydi. 900 kilogrammli mashina quruqlikda soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanishga qodir. Suvdagi tezligi esa cheklangan — 10 km/soat.

Mashina qanday qilib Tyumenga kelib qolgani noma’lum.

Avvalroq Moskvada suzishga qodir 37 yillik yo‘ltanlamas 5,4 ming dollar narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada Ikkinchi jahon urushiga oid nemis yo‘ltanlamas-amfibiyasi 160 ming dollarga sotilmoqda (foto)