15:23 / 12.02.2021
2 370

AQSHda juda uzun va g‘alati Jeep Wrangler auksionga qo‘yildi (foto)

AQSHda juda uzun va g‘alati Jeep Wrangler auksionga qo‘yildi (foto)
Foto: IronPlanet
AQSHda navbatdagi noodatiy limuzin — 1997 yilda ishlab chiqarilgan va uzunligi 4,3 metrga qadar «uzaytirilgan» Jeep Wrangler TJ sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Motor. Avtomobil Missuri shtatida bo‘lib, yangi egasini IronPlanet auksioni orqali qidirilmoqda. Savdolar yakunlanishiga 12 kun qolgan, hozirga qadar mashina 75 ming dollarga baholangan.

24 yillik ikkinchi avlod Wrangler’i qachon 4,3 metrli limuzinga aylantirilgani noma’lum. Yo‘ltanlamas ustida olib borilgan ishlar jarayonida uning romi, «podveska»si uzaytirilgan, qo‘shimcha prujinalar, gidravlik tormoz va xromlangan 20 dyuymli g‘ildirak diskalari o‘rnatilgan.

Foto: IronPlanet
Taxminlarga ko‘ra, limuzin ko‘pchilik ishtirokidagi safarlar uchun yaratilgan: salonda ikkita katta divan, shuningdek, ko‘plab stakan va bokallar uchun tagliklar hamda «butilka»lar uchun teshiklar mavjud. Kuzovning yon va tom qismi kabi intereri ham po‘lat listlar bilan qoplangan, ishlaydigan konditsionerga ega.

Foto: IronPlanet
Wrangler’ning tashqi ko‘rinishi achinarli ahvolda: odometriga ko‘ra, 259 074 kilometr yo‘l bosgan. Ko‘rsatilgan nuqsonlari orasida singan tormoz, orqa chap eshik qiyshaygani va haydovchining o‘rindig‘i qoplamasi yirtilgani ko‘rsatilgan.

Avtomobil oltita silindrli 4,0 litrli benzin motor yordamida harakatga kelib, besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Avvalroq Rossiyada Mercedes-Maybach Pullman S 650 limuzini rekord qiymatda — 32 ming dollarga, Ukrainada esa sakkiz g‘ildirakka ega noodatiy «Gelik» sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: IronPlanet

Foto: IronPlanet

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSHda juda uzun va g‘alati Jeep Wrangler auksionga qo‘yildi (foto)