22:11 / 02.04.2021
3 372

Jizzaxda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi quriladi

Jizzaxda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi quriladi
Toshkentda 31 mart kuni Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayevning Fransiyaning O‘zbekistondagi ishonchli muvaqqat vakili Bris Rokfey hamda fransuz biznes-hamkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Azim Ahmadxo‘jayev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Azim Ahmadxo‘jayev
Unda Fransiya tomoni ishtirok etayotgan float-oyna va Fives Stein avtomobillar uchun oyna ishlab chiqarish zavodi, mahalliy ishlab chiqarilayotgan BOPP plyonkalarini sotish (ayni paytda oziq-ovqat uchun plyonka mamlakatga import qilinmoqda) kabi Jizzaxning uch investitsiya loyihalarining hozirgi ahvoli muhokama qilinib, dastlabki bitimlar imzolandi.

Shuningdek, 2021 yilda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralar jarayonida mazkur loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilab olindi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida turizm biznesini rivojlantirish uchun Fransiyaning sayyohlik kompaniyalarini jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari Bris Rokfey Jizzax hududini rivojlantirishdagi jadal o‘sish sur’atini alohida qayd etib, mo‘ljallangan qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga qat’iy ishonch bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jizzaxda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi quriladi