13:25 / 18.04.2021
2 837

Dubayda «Avatar» uslubida yaratilgan Ford Mustang namoyish etildi


Foto: Instagram / Haseeb Ahmad
Dubaydagi xalqaro savdo markazida avtomobil tyuningga bag‘ishlangan «Qirollik shou»si bo‘lib o‘tdi. Jeyms Kemeronning «Avatar» fantasik filmi uslubida yaratilgan S550 Ford Mustang ko‘rgazma g‘olibiga aylangan, deb xabar beradi Motor.

Ford Mustang modifikatsiyasi bilan BAAning Street Fighter Garage atelesi mutaxassislari shug‘ullangan. Tyunerlar sportkar ustida 10 haftaga yaqin ish olib borgan. Natijada mutaxassislar «Avatar» fantastik filmiga mos keladigan Mustang’ni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Mashinada ko‘zga tashlanadigan birinchi narsa — Avatar yozuvi tushirilgan nur taratuvchi ulkan radiator panjarasi. Sportkar ilg‘or aerodinamik «obves», qirqilgan tom, shuningdek, avtomobil harakatiga qarama-qarshi ochiladigan eshiklar bilan jihozlangan. Mustang kuzovi butunlay Pandora sayyorasidagi jonzotlarning aerosuratlari bilan qoplangan.

Loyihaning yana biz o‘ziga xos jihati — bu uchta ajraladigan qismdan iborat noodatiy kapot. Tyunerlar Mustang saloniga poyga mashinalarining o‘rindig‘ini, qattiq xavfsizlik yoyini, shuningdek, yorug‘lik diod yoritish tizimlarini o‘rnatgan. Arab mutaxassislarining noodatiy modifikatsiyasi butunlay o‘zini oqlagan. Ularning Ford Mustang’i «Qirollik shousi»da birinchi o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dubayda «Avatar» uslubida yaratilgan Ford Mustang namoyish etildi