21:00 / 24.04.2021
1 874

Apple avtomobilining taqdimoti qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Apple avtomobilining taqdimoti qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Iphoneaddict
Apple kompaniyasi o‘zining ilk avtomobili loyihasini kamida yarim yildan so‘ng e’lon qiladi. Bu haqda Wedbush tahlilchisi Deniel Ayvs CNBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Apple’ning birinchi avtomobili 2024 yildan oldin taqdim etilmaydi — kompaniyaga ishlab chiqarishni noldan boshlab yo‘lga qo‘yish uchun vaqt kerak. Biroq Tim Kukning korporatsiyasi loyiha haqida ommaga ma’lumot berib, «Apple Car uchun asos yaratishi» kerak.

Ayvsning fikricha, Apple haydovchisiz boshqariladigan elektrokari loyihasi taqdimotini va avtomobil bozoriga kirishini yozda e’lon qiladi. Apple Car anonsi yaqin 3—6 oy ichida bo‘lib o‘tishi kerak. O‘z manbalariga tayangan tahlilchining hisoblashicha, kompaniya qisqa muddatlarda avtomobil ishlab chiqarish uchun sherik topishi kerak. Deniel Ayvsning so‘zlariga ko‘ra, Apple hozirda boshqa kompaniyalar bilan bu borada muzokaralar o‘tkazmoqda.

2021 yilning yozida Apple kamida bitta ommaviy tadbir o‘tkazadi — an’anaviy WWDC anjumani. Unda kompaniya smartfonlar, kompyuterlar va boshqa qurilmalar uchun mo‘ljallangan yangi operatsion tizimlar versiyasini taqdim etadi.
Avvalroq Apple o‘zining birinchi elektrokarini yaratish ustidagi ishlar uchun Porsche muhandisini yollagani ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, internetda yangi Apple Car’ning soxta videosi tarqaldi. Apple avtopilotni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ruxsatnomani 2017 yilda qo‘lga kiritgan. Kompaniya o‘z avtomobilini yaratishga tayyorlanayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlar kamida 5 yil oldin tarqalishni boshlagan. Xususan, 2015 yili Apple 2019 yilgacha o‘z elektromobilini taqdim etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Apple avtomobilining taqdimoti qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi