08:00 / 25.04.2021
2 418

Xitoyda atrofidagi havoni tozalashga qodir IM Airo elektromobili namoyish etildi


Foto: CARakoom
Shanxay avtosalonida IM Airo nomli yangi elektromobil taqdim etildi. Xitoyda yaratilgan ushbu mashinani boshqa modellar bilan chalkashtirib yuborish imkonsiz, deb yozadi CARakoom.

IM — bu Xitoyning Zhiji kompaniyasining yangi brendi. Zhiji esa SAIC Zhangjian Hi-Tech va Alibaba Group’ning qo‘shma korxonasi hisoblanadi. Airo dizayni ustida Britaniyaning Heatherwick Studio dizaynerlik kompaniyasi ish olib borgan.
IM Airo konsept-kari havoni tozalovchi noodatiy texnologiyaga ega. Butun boshli elektromobil ulkan havo tozalagich kabi ishlaydi. Bu nol miqdorda zararli gazlarni chiqaradigan oddiy avtomobil emas, balki u havoning ifloslanishiga qarshi kurashda ham yordam beradi. Unga o‘rnatilgan ulkan HEPA-filtri atrof-muhitdagi zararli gazlarni so‘rib olib, ularni tozalaydi.

Foto: CARakoom
Elektromobil atrof-muhit bilan yaxshi «kelishibgina» qolmay, u to‘liq avtonom hisoblanadi. Shuningdek, unga shishali keng eshiklar va buriladigan o‘rindiq o‘rnatilgan. Rul chambaragi va boshqaruv organlari saqlanib qolgan.

Foto: CARakoom
Heatherwick Studio asoschisi Tomas Xezervik Airo modelini «tushlik, ish, o‘yin va uxlash uchun qo‘shimcha makonga ega ko‘p funksiyali xona» deb atagan. Dizaynerning veb-saytida ma’lum qilinishicha, kapsula avtomobilni ishlab chiqarish ishlari 2023 yilga mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda atrofidagi havoni tozalashga qodir IM Airo elektromobili namoyish etildi