18:23 / 27.05.2021
2 889

Tesla Cybertruck avtomobili uchun oldindan buyurtma qilganlar soni 1 million kishidan oshdi


Foto: IXBT
Tesla kompaniyasi Cybertruck pikapini 2019 yilning noyabrida taqdim etib, 100 dollar evaziga oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshlagandi. Bu esa kompaniya bir nechta rekordlarni o‘rnatish va 1 millionlik oldindan buyurtmalar marrasini zabt etishga yordam bergan, deb yozadi IXBT.

Kompaniya bosh direktori Ilon Maskning ma’lum qilishicha, Cybertruck taqdimotidan keyingi bir hafta ichida Tesla 250 mingdan ortiq buyurtmani qabul qilgan. Taqqoslash uchun: 48 soatda Ford F-150 Lighting modeliga 44 mingta buyurtma kelib tushgan.

Tesla hatto pandemiya davrida ham Cybertruck uchun haftasiga yuzlab buyurtmalar qabul qilishni boshlagan. 2020 yilning iyunida kompaniya oldindan buyurtmalarni qabul qilish bo‘yicha 650 minglik marrani zabt etganini ma’lum qilgandi. Endilikda avtomobil uchun navbatda turganlar soni million kishidan oshdi. Buyurtmachilarning 48 foizi ikki motorli variantni tanlagan bo‘lsa, 44,5 foizi uchta elektrodvigatelga ega versiyani ma’qul ko‘rgan va 7,5 foizigina o‘z tanlovini bir motorli bazaviy modelda to‘xtatgan.

Tesla Cybertruck narxi 39,9 ming dollardan boshlanadi, uchta dvigatelli versiyasini 69,9 ming dollarga xarid qilish mumkin. Tesla Cybertruck pikapini ishlab chiqarishni yil oxirigacha yo‘lga qo‘yish niyatida, shu bilan birga, bozorda dastlab modellarning biroq qimmat modellari paydo bo‘ladi.

Avtomobillarni real yetkazib berish 2022 yilgacha cho‘zilishi mumkin, chunki Tesla kompaniyasi Cybertruck modellari ishlab chiqarilgangan Gigafactory Texas zavodini qurishni yakunlagani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Mask o‘zi futuristik dizaynga ega pikap rulida bir necha bor ko‘rinish bergan. Masalan, 2020 yilning mayida Mask Cybertruck pikapida yerosti tunneli bo‘ylab sayr qilgandi. 2021 yilning aprel o‘rtalarida esa Texasda qurilayotgan Tesla zavodiga Cybertruck’da kelgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla Cybertruck avtomobili uchun oldindan buyurtma qilganlar soni 1 million kishidan oshdi