08:52 / 29.05.2021
3 861

Rolls-Royce kompaniyasi uch nusxada yaratilgan avtomobilini taqdim etdi


Foto: CNBC
Britaniyaning Rolls-Royce avtomobil ishlab chiqaruvchisi noyob Boat Tail modelini taqdim etdi. Luks avtomobil faqat uch nusxada taqdim etilgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Mashina narxi hozircha oshkor etilmagan. Boat Tail o‘zi ichiga to‘rt nafar yo‘lovchini sig‘dira olishi ma’lum bo‘lib, uning uzunligi 5,8 metrni tashkil etadi.

«Bu — faqat tanlanganlar amalga oshira oladigan juda noodatiy narsa», — deydi kompaniya direktori Torsten Myuller-Otvos. Ta’kidlanishicha, ushbu modelning har bir nusxasini yaratish uchun 1,8 mingdan ortiq noyob ehtiyot qismlar ishlatilgan.

Foto: CNBC

Foto: CNBC
Boat Tail’ning orqa qismi yaxta palubasi shaklida ishlangan. Har bir model Coachbuild dasturi doirasida to‘rt yil davomida dizaynerlar bilan ishlagan har bir mijoz uchun moslashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rolls-Royce kompaniyasi uch nusxada yaratilgan avtomobilini taqdim etdi