18:33 / 31.05.2021
1 951

"Uzauto Motors" da yana avtomobillarni sotib olish uchun "turnaqator navbatlar"

"Uzauto Motors" da yana avtomobillarni sotib olish uchun "turnaqator navbatlar"

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ketma-ket xabarlar tarqalmoqda. «Nigoh» kanalining yozishicha, «UZAUTO MOTORS»da yana avtomobillarni sotib olish uchun «turnaqator navbatlar» yuzaga kelgan. Kompaniya vakillari buni global mikrosxemalar yetishmasligi bilan izohlashga urinmoqdalar. Ushbu vaziyatdan darhol «uddaburon» dilerlar foydalanib, oddiy odamlar uchun «shapka tizimi»ni qaytadan tikladilar.

Avtomobillarning modeli va komplektatsiyasiga qarab, «beminnat xizmat» miqdori $500 dan $2000 gacha  o‘zgarib turmoqda. Xoynaxoy, bu nuqsonli sxemalar mamlakatdagi avtomobilsozlik sohasi uchun mas’ul rasmiylarning xabardorligisiz amalga oshirilmasa kerak.

Esingizda bo‘lsa, 2018 yilda «O‘zavtosanoat» rahbari Sh.Umurzoqov avtomobillar tanqisligini sun’iy deb, bundan buyon avtoulovlar uchun navbat va «shapka» bo‘lmaydi, degan edi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniyaning avvalgi rahbari U.Salimov sohada korrupsiya sxemalari ko‘payganligi uchun ishdan bo‘shatilgandi. Keyinchalik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va firibgarlik yo‘li bilan avtoulovlarni sotish bo‘yicha 99 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilgandi.

O‘ylashimizcha, iste’molchilarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan avtomobillar sotish bilan bog‘liq vaziyatga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuratura tomonidan huquqiy baho berish va keskin chora ko‘rish vaqti keldi, deyiladi kanalda qoldirilgan postda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » "Uzauto Motors" da yana avtomobillarni sotib olish uchun "turnaqator navbatlar"