Kadr: YouTube
YouTube’dagi «Aylanuvchi moment» kanalida dreg-reysing bo‘yicha uyushtirilgan noodatiy bellashuv videosi e’lon qilindi. Chorak mil masofaga uyushtirilgan poygada dvigatelining quvvati 300 dan 500 ot kuchigacha bo‘lgan oltita nemis «inomarka»si ishtirok etgan. Biroq to‘g‘ri masofaga harakatlanish bo‘yicha g‘oliblikni zavoddagi motoriga ega «Moskvich-2141» qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Motor.
«Moskvich» kapoti ostida rostdan ham zavoddan chiqqanidagi sakkiz klapanli dvigatel joylashgan bo‘lishiga qaramay, avtomobil egasi bo‘lgan mexanik Vova amaki agregatning modifikatsiyasi ustida yaxshigina ish olib borgan. Muhandis motorga kuchaytirilgan shatunlar, gilsa va porshenlar o‘rnatgan, shuningdek, dvigatelni kuchli turbina bilan jihozlagan. Bundan tashqari, erkak «Moskvich»ga Audi S6’ning transmissiyasi va «podveska»sini o‘rnatgan. Mashina egasi modifikatsiya natijasida to‘liq uzatmali sovet avtomobili qancha quvvatni taqdim etishini oshkor qilmagan.
Musobaqada «Moskvich»ga 300 ot kuchili Mercedes-Benz G-klass, 310 ot kuchili Audi A7, shuningdek, 500 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgan Porsche Cayanne, 400 ot kuchili Audi S3 hamda 450 va 500 ot kuchini taqdim etuvchi ikkita BMW M4 qarshilik ko‘rsatgan.
Bu kabi jiddiy kampaniya «Moskvich» egasini tashvishga solmagan. Sovet avtomobili nemis sportkarlariga munosib raqobat ko‘rsatish bilan birga, to‘g‘ri masofaga poygada ulardan o‘zib ketgan. Hatto BMW M4 va Audi S3 finishda «Moskvich»dan o‘tib ketganiga qaramay, Vova amaki keyingi urinishlarda revansh olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»