Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yana bir bor tonirovkani bepul qilish masalasini ko‘tardi.
«Tashqarida kamida 40 daraja issiq. Tabiiyki, bunday issiqda fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayadi.
Kunduzi issiqdan jon saqlab, kechki salqinda ko‘chaga chiqar desang, karantin cheklovlari sabab soat 20:00dan keyin deyarli barcha xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati ham to‘xtatilmoqda.
Qisqasi, yozning jazirama issiq kunlari nafaqat fuqarolarga noqulaylik yaratilyapti, balki mamlakat YAIM, ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohalari rivojiga qattiq zarba bo‘lmoqda.
Lekin birgina yilning issiq mavsumida avtomobil oynalarini qoraytirishga bepul yoki minimal to‘lovlar asosida ruxsat berilishi fuqarolarning iqtisodiy faolligi va samaradorligi oshishi hamda mamlakat iqtisodi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.
Tonirovkani pullik qilishni o‘ylab topgan hurmatli rahbarlar, odamlarni o‘ylamasangiz ham, hech bo‘lmasa iqtisodiyotni, soliqlar tushumini o‘ylang iltimos. Iqtisodiyot o‘sishi, budjetga ko‘proq pul tushishini istasangiz, tonirovka narxlarini yoz oylari uchun bekor qiling», deb yozadi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi