18:25 / 19.07.2021
1 549

Rossiyalik bloger shahar ko‘chalari bo‘ylab yog‘och «Jiguli»da harakatlandi

Rossiyalik bloger shahar ko‘chalari bo‘ylab yog‘och «Jiguli»da harakatlandi

Kadr: YouTube
Vyacheslav Ismailov ismli permlik videobloger o‘zining YouTube’dagi kanaliga do‘sti bilan shahar bo‘ylab yog‘ochdan yasalgan «Jiguli»da harakatlangani tasvirlangan rolikni joylashtirdi. Ertasi kuni erkakning uyiga YHXBB xodimlari tashrif buyurib, uni yo‘l harakati qoidalarining 3 ta moddasi bo‘yicha qoidabuzarlik sodir etganlikda ayblagan — rolik muallifi uch oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

Noodatiy «Jiguli» klassik «VAZ» modellari kabi ko‘rinishga ega, biroq uning oynalari va yukxonasi yo‘q. Old oyna o‘rniga mashinaga metall to‘r o‘rnatilgan. Videobloger kuzovning metall panellarini almashtirgan yoki yog‘och taxtalar bilan yopgan. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u klassik «Jiguli»ni qo‘shni qishloqdan 120 ming rublga (1,6 ming dollar) sotib olgan. Vyacheslav «modifikatsiya» uchun qancha mablag‘ sarflagani noma’lum.

Bloger qo‘lbola avtomobilni Perm ko‘chalarida sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan. Trest-drayv vaqtida noodatiy «Jiguli» atrofdagi odamlar e’tiborini o‘ziga tortgan va natijada transport vositasi haqida mahalliy OAV xabar topgan. Bundan tashqari, internet orqali e’lon qilingan video ham ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan.
Qiziquvchilar qatorida YHXBB xodimlari ham bor bo‘lib, ular ertasi kuni blogerga nisbatan uchta modda bo‘ylab ayblovni ilgari surgan: davlat raqamlarisiz transport vositasini boshqarish, transport vositasi konstruksiyasiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan avtomobilni boshqarish. Shunday qilib, yog‘ochdan yig‘ilgan «Jiguli»da harakatlanish blogerga uch oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish yoki 5 ming rubl jarimaga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Rossiyalik bloger shahar ko‘chalari bo‘ylab yog‘och «Jiguli»da harakatlandi