20:50 / 24.07.2021
2 471

Uchar avtomobillar narxi qancha bo‘ladi? Ekspertlar prognozi e’lon qilindi

Uchar avtomobillar narxi qancha bo‘ladi? Ekspertlar prognozi e’lon qilindi

Foto: Klein Vision
Bugungi kunda yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar ichki yonuv dvigatellariga qo‘yilayotgan taqiqlar fonida mashinalarni elektrlashtirish bilan band. Biroq bu bilan parallel ravishda kelajakning boshqa bir transport vositasi ustidagi ishlar ham to‘xtab qolgani yo‘q — uchar avtomobillar: turli konstruksiya, o‘lcham va darajadagi prototiplar sinovlardan o‘tkazilmoqda. Britaniyaning Pentagon Motor Group ekspertlari ommaviy sotuvga chiqadigan havo mashinalarining narxi qancha bo‘lishini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi Motor.

Ekspertlar qimmat turuvchi turli elementlar narxlarini, jumladan, kuchli reaktiv motorlar va katta sig‘imdagi yonilg‘i baklarini inobatga olgan holda hisoblash ishlarini amalga oshirdi. Bundan tashqari, ular yig‘ma qanotlar yoki yerga qo‘nish vaqtida olib qo‘yiladigan boshqa konstruksiyalar qiymatini ham qo‘shgan. Hisob-kitoblarni amalga oshirishda ular hozirda ustida ish olib borilayotgan qator aeromobillarga tayangan: AeroMobil, PAL-V, Aska, Moller Skycar 400, Terraffugia va SkyDrive.

Natijada ma’lum bo‘lishicha, individual uchar avtomobil narxi bozorda arzon bo‘lmaydi: u 686 455 dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, qanotli mashina 1000 ot kuchiga ega Ferrari SF90 Stradale superkaridan sezilarli darajada qimmat bo‘ladi.

Pentagon Motor Group’ning marketing bo‘yicha direktori Shakil Xassianning ta’kidlashicha, narxlar faqatgina savdolar boshida qimmat bo‘ladi, chunki uchar avtomobillar ilg‘or texnologiyalarning tom ma’noda «peshlavhasi»ga aylanishi kerak. So‘ng narxlar sekin-astalik bilan arzonlashib boradi va vaqt o‘tgan sari ularning aksariyati ko‘pchilikka maqbul bo‘lib qoladi, xuddi elektrokarlar bilan bo‘lgani kabi.

Shuningdek, bu kabi transport vositasining egasi dastlabki bir yil davomida yana qo‘shimcha 69 ming dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Bunga uchish uchun litsenziya, sug‘urta, maxsus qo‘nish joyi uchun to‘lov va yonilg‘i kiritilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Uchar avtomobillar narxi qancha bo‘ladi? Ekspertlar prognozi e’lon qilindi
[/banner_pushhouse