22:41 / 14.08.2021
8 774

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchilar nimalarni bilishi kerak?

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchilar nimalarni bilishi kerak?
Yo‘l-transport hodisasi bu nima?
Transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa yo‘l-transport hodisasi hisoblanadi.

Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchining xarakatlari
  • transport vositasini darhol to‘xtatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo‘zg‘atmasligi; avariya ishoralarini yoqishi (o‘chib yonuvchi sariq chiroqlar) va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi;
  • shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishi (tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash-profilaktika muassasasiga yo‘lakay transport vositasida jo‘natishi, buning imkoni bo‘lmagan hollarda o‘z transport vositasida olib borishi, u yerda o‘z ismi-sharifi, transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisi haqida axborot berishi (o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoki haydovchilik guvohnomasini va transport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik hujjatini ko‘rsatishi) va hodisa ro‘y bergan joyga qaytib kelishi);
  • agar boshqa transport vositalarining harakatiga to‘sqinlik qilsa qatnov qismini bo‘shatishi (qatnov qismini bo‘shatish yoki shikastlanganlarni o‘z transport vositasida davolash-profilaktika muassasasiga olib borish zarur bo‘lganda, yo‘l-transport hodisasiga daxldor haydovchilar avvalo transport vositasi, hodisaga aloqador buyumlar va izlarning holatini guvohlar ishtirokida dastlabki qayd etishni amalga oshirish, ularning yo‘qolmasligi va hodisa ro‘y bergan joyni aylanib o‘tishni tashkil qilishning barcha choralarni ko‘rishi);
  • hodisa haqida ichki ishlar organlari (102) ga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash manzilini yozib olib, ichki ishlar organlari xodimlarining kelishini kutishi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuziladigan ma’muriy bayonnomada qanday ma’lumotlar bo‘ladi va qaysi hujjatlar ilova qilinadi?
  • ma’muriy bayonnomada to‘ldirilgan sana, joy, kim tomonidan to‘ldirilganligi (ko‘krak nishoni, lavozimi, unvoni) va kimga nisbatan to‘ldirilayotganligi, transport vositasi (rusumi, davlat raqam belgisi, transport vositasini qayd qilish guvohnomasi), huquqbuzarning huquq va burchlari tushuntirilganligi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy va uning tafsilotlari, Yo‘l harakati qoidalarining buzilgan bandi va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi va unga hodisaning chizmasi, shuningdek hodisa ishtirokchilarining, guvohlarining tushuntirishlari ilova qilinadi.

Yo‘l-transport hodisaning chizmasida qanday ma’lumotlar aks ettiriladi va kim tomonidan imzolanadi?
  • hodisaning chizmasida transport vositalarining hodisadan keyingi holatini tiklash imkonini beruvchi aniq ma’lumotlar (ularning muqim ob’ektlarga nisbatan holati) ko‘rsatiladi hamda chizma uni chizgan mansabdor shaxs, haydovchilar, guvohlar yoki xolislar tomonidan imzolanadi.

Yo‘l-transport hodisa sodir bo‘lganda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladimi?
Yo‘l-transport hodisa sodir bo‘lganda, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy bayonnomaga, shuningdek talonga yozib qo‘yilib, talon huquqbuzarga qaytarib beriladi.

Agar, huquqbuzarda milliy haydovchilik guvohnomasining plastik shaklda tayyorlanadigan yangi namunasi bo‘lsa, milliy haydovchilik guvohnomasiolib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy bayonnomaga yozib qo‘yilib, huquqbuzarga vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi.

Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida yo‘l-transport hodisa sodir bo‘lganda, ularga nisbatan qanday chora qo‘riladi?
Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida yo‘l-transport hodisasini sodir etganda ularga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi:
  • jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan (1,2 mln so‘m) 7 baravarigacha (1,7 mln so‘m) miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 1 yildan 3 yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi; (bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar ancha miqdordagi moddiy zarar hisoblanadi)
  • transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan (490 ming so‘m) 4 baravarigacha (980 ming so‘m) miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oydan 1 yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi;
  • badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha (12,2 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;
  • miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;
  • odam o‘lishiga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
  • odamlar o‘limiga, halokatga, boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
  • yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (3,6 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
  • yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (7,3 mln so‘m) miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 1 yil muddatga mahrum etishga yoxud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchilar nimalarni bilishi kerak?