07:00 / 17.08.2021
2 625

AQSH prezidenti Chevrolet Corvette’ning elektr versiyasi bilan maqtandi

AQSH prezidenti Chevrolet Corvette’ning elektr versiyasi bilan maqtandi
Foto: GM
AQSH prezidenti Jo Bayden General Motors konserni rahbari Meri Barra uni Chevrolet Corvette superkarining elektr energiyasida harakatlanuvchi versiyasi ruliga o‘tqazishni va’da qilganini so‘zlab berdi. Shu bilan birga, GM biror marta Corvette’ning elektrodvigatelli versiyasi ishlab chiqarayotganini tasdiqlamagan ham, inkor etmagan ham. Elektrosuperkarning texnik tavsifi haligacha noma’lum, deb xabar beradi Motor.

AQSHda elektromobillarni rivojlantirishning yangi strategik rejasini imzolashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Jo Bayden Chevrolet Corvette’ni yana bir bor eslab o‘tgan. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, General Motors boshlig‘i Meri Barra unga Corvette elektrokarini haydab ko‘rishga va’da bergan.

Ta’kidlash kerakki, 2020 yilning avgustida — Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lgan vaqtida ham superkarning elektr versiyasi haqida gapirgan edi. Saylovoldi kampaniyasi doirasida suratga olingan videorolikda u Amerika sport avtomobillariga bo‘lgan mehrini so‘zlab bergan va GM’dagi manbalari Chevrolet Corvette’ning elektr versiyasi yaratilayotganini ma’lum qilgan.

Siyosatchi o‘shanda ekologik toza superkar soatiga 322 kilometr tezlikda harakatlana olishi mumkinligini ta’kidlagandi. General Motors barcha savollarga bundan bexabarligini, biroq xodimlari Baydenga bu haqda aytgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Bugungi kunda Corvette’ning top versiyasi Zora nomli supergibrid bo‘lib, u 1000 dan ortiq ot kuchini taqdim etishga qodir 5,5 litrli V8 biturbomotori bilan jihozlangan. Corvette Zora 2023 yilda sotuvga chiqishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSH prezidenti Chevrolet Corvette’ning elektr versiyasi bilan maqtandi