20:25 / 23.08.2021
3 285

Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi

Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi
Foto: «Lada.ru»
Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
2021 yil apreldan buyon ushbu lavozimda Rustam Rajabov ishlab kelayotgandi.

Bu Andersson Shvetsiya Harbiy akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi, Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavri Bu Andersson avtomobilsozlik sohasidagi eng ilg‘or top-menejer bo‘lib, avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987 yildan Shvetsiyaning Saab Automobile AB kompaniyasida boshlaydi.

1993 yildan 2009 yilgacha xarid yo‘nalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001—2009 yillarda General Motors’ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan.

2009 yildan 2013 yilgacha «Gruppa GAZ» korxonasiga prezident etib tayinlanadi. Bu davrda Andersson «Gruppa GAZ» biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqishga erishadi.

2014 yildan 2016 yilgacha «AvtoVAZ» OAJ prezidenti etib tayinlanadi. «Gruppa GAZ»da bo‘lgani kabi, Andersson «AvtoVAZ»da ham to‘liq transformatsiyani amalga oshirdi.

«AvtoVAZ»ni tark etgach, Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Yazaki Europe, Africa, North & South America korporatsiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan.

Adam Smit xalqaro avtomobil forumida Bu Andersson Rossiya avtomobilsozlik sanoatida «2010 yilning eng yaxshi yetakchisi» deb topilgan. 2011 yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlash uchun Automotive News Europe tomonidan har yili o‘tkaziladigan Eurostars mukofotida «Rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxshi yetakchisi» deb topilgan.

2012 yilda Bu Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti bo‘lgan Automotive Supply Chain’dan «Gruppa GAZ»ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini ta’minlagani uchun «Eng yaxshi yutuqlar» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Bu Inge Andersson MDH mamlakatlaridagi avtomobil konsernlarini boshqarish va inqirozlar davrida erishgan muvaffaqiyatlari va katta tajribasi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalariga yarimo‘tkazgichlar tanqisligi va logistika muammolari bilan bog‘lik global inqirozlarini eng kam yo‘qotish bilan yengishga, hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiyalashning yangi yo‘nalishini egallashga imkon beradi.

Kompaniyaning qayd etishicha, 2018 yildan boshlab UzAuto Motors yirik transformatsiya jarayonini boshdan kechirib, zarardan barqaror foyda keltiradigan biznesga aylandi. 2020 yildagi pandemiyaga qaramasdan, UzAuto Motors o‘z ishlab chiqarishini 281 ming dona avtomobilga o‘stirishga erishdi.

2020 yildan buyon kompaniya Boston Consulting Group bilan hamkorlikda o‘zining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqib, 2021 yil aprelida Qo‘shma transformatsiya ofisini tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Shvetsiyalik Bu Andersson UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi