08:30 / 23.09.2021
1 062

Xitoyda dunyodagi eng arzon elektromobil sotuvga chiqdi: uning narxi 100 dollar

Xitoyda dunyodagi eng arzon elektromobil sotuvga chiqdi: uning narxi 100 dollar
Foto: Motor
Alibaba onlayn savdo maydonchasida bir kishini tashishga mo‘ljallangan mitti elektromobil sotuvga qo‘yildi. O‘lchamining kichikligiga qaramay, mashina umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish imkonini beradigan zarur qurilmalar bilan jihozlangan. Jamlanmasidan kelib chiqib Xitoy eleketromobilining narxi 100 dollardan 4 ming dollargacha bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

Mitti elektromobilning uzunligi 2133 millimetrni, eni 900, balandligi esa 1495 millimetrni tashkil etadi. G‘ildiraklar bazasi 1515 millimetr bo‘lgan modelning og‘irligi 230 kilogrammga teng. O‘lchamining kichikligiga qaramay elektrokar osti va yo‘l yuzasi orasidagi masofa 150 millimetrni tashkil etadi.

Xitoy elektromobili yopiq tipdagi aylanasimon kuzov, ikkita eshik, to‘rtta 10 dyuymli g‘ildirak bilan jihozlangan, shuningdek, bitta oynatozalagichi ham bor. Bundan tashqari, model jamlanmasidan yoritish qurilmalari, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan oyna o‘rin olgan. Salonida to‘laqonli haydovchi uchun mo‘ljallangan o‘rindiq mavjud.

Foto: Motor
Mashina 1,3 ot kuchiga ega elektromotor yordamida soatiga 40 kilometrgacha tezlikda harakatga kelishi mumkin. Orqa uzatmali elektrokar bir marta quvvatlanish orqali maksimal tezlikda 60 kilometr yo‘l bosa oladi. Qo‘shimcha jihozlari va xaridor qaysi mamlakatdan ekanligidan kelib chiqib, mitti transport vositasini 100 dollardan 4 ming dollargacha xarid qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Xitoyda dunyodagi eng arzon elektromobil sotuvga chiqdi: uning narxi 100 dollar
[/banner_pushhouse