23:53 / 23.09.2021
2 392

Turkiyada ishlab chiqarilgan birinchi elektromobil taqdim etildi

Turkiyada ishlab chiqarilgan birinchi elektromobil taqdim etildi
Foto: «Ukrinform.ua»
Turkiyada mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan birinchi elektromobil taqdim etildi. Mashinaning taqdimoti Istanbulda TEKNOFEST aerokosmik va tenologik ko‘rgazmasida o‘tkazilgan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

«Stendimizda shunchaki avtomobil emas, balki yaratishda yuqori texnologiyalardan foydalanilgan ‘aqlli’ qurilma taqdim etildi. Shuningdek, biz yangi avlod akkumulatorini taqdim etamiz — ‘aqlli’ elektr qurilma haqiqatda texnologik mahsulot», — deydi Group TOGG avtomomobil korxonasining bosh direktori Gurjan Karakash.

Uning so‘zlariga ko‘ra, elektrokarni seriyali ishlab chiqarish 2022 yilning oxiridan boshlanadi. Ayni vaqtda kompaniya o‘z ixtirosini takomillashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: «Ukrinform.ua»
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur elektrokarlarni ishlab chiqaruvchi korxona Bursa provinsiyasida ekologik tamoyillarga asoslangan holda quriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Turkiyada ishlab chiqarilgan birinchi elektromobil taqdim etildi