08:00 / 25.09.2021
2 087

«UzAuto Motors» avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

«UzAuto Motors» avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi
«UzAuto Motors» keng ko‘lamli modernizatsiya ishlaridan so‘ng, o‘z ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shu yil iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borilgan.

Shuningdek, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda «UzAuto Motors» kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.
«UzAuto Motors»ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800dan ortiq avtomobilga yetdi.

Majburiy tanaffusdan so‘ng, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, sizga avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » «UzAuto Motors» avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi
[/banner_pushhouse