15:43 / 28.09.2021
1 672

Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi

Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahrida Cobalt va Matiz ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 27 sentabr kuni soat 21:15 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Shahrisabz va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasida 32 yoshli J.S. boshqaruvidagi Cobalt 35 yoshli R.A. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida Matiz rusumli transport vositasi ag‘darilib ketgan va uning haydovchisi tan jarohati olgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sodir etilishiga harakatlanish chog‘ida svetoforning taqiqlovchi belgisiga rioya etilmagani sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda Cobalt bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi