11:50 / 12.10.2021
2 802

UzAuto Motors Chevrolet Onix qachondan ishlab chiqarilishini ma’lum qildi

UzAuto Motors Chevrolet Onix qachondan ishlab chiqarilishini ma’lum qildi
UzAuto Motors kompaniyasi mijozlardan Chevrolet Onix avtomobili mamlakatda qachondan boshlab ishlab chiqarilishi to‘g‘risida kelib tushayotgan murojaatlarga javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker-2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.

Ta’kidlanishicha, Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Bunda avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.

«Chevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, sentabr o‘rtalarida esa ijtimoiy tarmoqlarda Onix avtomobili 13 ming dollardan boshlab sotuvga chiqqani aytilgan xabarlar tarqaldi. Biroq UzAuto Motors ushbu xabarlar asossiz ekanligini aytib chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig‘iladi. Yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi. UzAuto Motors’ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassis jalb qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors Chevrolet Onix qachondan ishlab chiqarilishini ma’lum qildi