12:40 / 11.11.2021
2 680

Benzin narxi «sakrashda» davom etmoqda

Benzin narxi «sakrashda» davom etmoqda
Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 markali avtomobil benzini narxi deyarli har kuni qimmatlashmoqda.

Ikki kun avval «O‘zbeknefgaz» AJ tasarrufidagi AYOQSHlarda bu turdagi benzin narxi 6095 so‘mdan 6300 so‘mga oshgani haqida xabar bergan edik. Shundan bir kun o‘tib, Ai-80 benzini 6400 so‘mga chiqqan bo‘lsa, bugun tongdan yana salkam 200 so‘mga qimmatlab, 6595 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xususiy AYOQSHlarda Ai-80 benzini narxi allaqachon 7900 so‘mgacha ko‘tarilgan. Viloyatlarda esa bundan ham qimmatroqqa sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Benzin narxi «sakrashda» davom etmoqda