07:00 / 02.12.2021
5 423

Ikkita VAZ-2106 modelidan dunyodagi eng keng “Jiguli” hosil qilindi (video)

Ikkita VAZ-2106 modelidan dunyodagi eng keng “Jiguli” hosil qilindi (video)
Rossiyalik blogerlar va YouTube’dagi “Garaj 54” kanali mualliflari o‘zlarining eng noodatiy loyihalaridan birini taqdim qilishdi. Ular ikkita VAZ-2106 “Jiguli” mashinasini yon qismi bilan bir-biriga payvandlab, eni 3 metrdan oshuvchi 2 ta rulli mashinani hosil qilishdi.

E’tiborlisi, ushbu antiqa mashinani bamaylixotir boshqarish va hattoki unda drift amalga oshirish ham mumkin.

Loyiha mualliflari hosil bo‘lgan “qo‘shaloq” mashinaning eni qancha metrni tashkil qilishiga aniqlik kiritishmagan. Biroq standart VAZ-2106 modelining eni 1611 millimetrni tashkil qilishi hisobga olinsa, hosil bo‘lgan mashina eni 3,2 metrdan qattaroqni tashkil qiladi.

Ushbu antiqa mashina namoyish qilingan videoda transport vositasi rullari ortida bittadan haydovchi o‘tirganini ko‘rish mumkin. Ehtimol, bunga sabab - avtomobilni faqat 2 kishi bo‘lib boshqarish mumkinligidadir. Mashina beso‘naqay bo‘lishiga qaramay, haydovchilar unda nafaqat sayr qilishga, balki drift amalga oshirishga ham muvaffaq bo‘lishgan.

Ushbu mashina blogerlar uchun birinchi bunday noodatiy loyiha emas. Sentabr boshida ular VAZ-2106 negizida qurilgan 14 g‘ildirakli “Jiguli”ni taqdim qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ikkita VAZ-2106 modelidan dunyodagi eng keng “Jiguli” hosil qilindi (video)