IIV YHXBB respublika hududida avgust oyida ishga tushirilgan onlayn rejimda ishlovchi statsionar radarlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, o‘tgan bir oy ichida Surxondaryo viloyatida 5 ta statsionar, Samarqand viloyatida 2 ta PDD radar ishga tushirilgan.
Foto: YHXBB
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprelida O‘zbekistonda qoidabuzarliklarni aniqlash uchun kameralarni o‘rnatish tartibi haqida hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasi ishlab chiqiladi hamda E-ijro auksion platformasi orqali onlayn auksionga qo‘yiladi. Tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joy dislokatsiyasi, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.
Iyun oyidan boshlab O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlandi. 1 iyul kuni E-auksion saytida birinchi bor Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?