23:57 / 26.02.2015
11 172

Alisher Uzoqov o‘zining «Kuzda gullagan daraxt» filmini taqdim etdi

Alisher Uzoqov o‘zining «Kuzda gullagan daraxt» filmini taqdim etdi

Taniqli aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov o‘zining uzoq davom etgan ijodiy tanaffusidan so‘ng kinosevar muxlislar uchun yangi filmini taqdim etdi, deb xabar beradi «iLife.uz».

26 fevral kuni Toshkentning Royal Cinema kinoteatrida mazkur «Kuzda gullagan daraxt» filmining yopiq premerasi bo‘lib o‘tdi. Charos va Doniyorning alamli iztiroblardan holi bo‘lmagan sof va baxtli muhabbat qissasi haqida hikoya qiluvchi mazkur kinokartinada kutilmaganda tomoshabin vujudini jumbushga keltiruvchi sahnalarning mavjudligi uning muvaffaqiyati uchun xizmat qilgan.

Chin muhabbat, sadoqat, odamiylik tuyg‘ulari, inson hayotining jamiki moddiyatlardan ustun turishi haqiqatini yorituvchi ushbu film Alisher Uzoqov ssenariysi asosida postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Dilshod Nuriddinov tomonidan suratga olingan. Bosh rollarni Ra’no Shodieva, Ziyoda Hudoyqulova, Alisher Uzoqov; rollarni Bobur Yo‘ldoshev, Shahzoda Matchonova, Farhod Abdullaev va Ra’no Yarasheva ijro etgan.

Drama janrida yaratilgan «Kuzda gullagan daraxt» filmining premeraoldi namoyishida film ijodkorlari, el suygan san’at va madaniyat namoyondalari ishtirok etdi.

Filmni 27 fevraldan O‘zbekiston kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Uzoqov o‘zining «Kuzda gullagan daraxt» filmini taqdim etdi