14:58 / 01.03.2015
7 695

Leonardo Di Kaprio o‘zini 24 kishi deb o‘ylaydigan odam rolini o‘ynaydi

Leonardo Di Kaprio o‘zini 24 kishi deb o‘ylaydigan odam rolini o‘ynaydi

Gollivudning «To‘lib ketgan xona» filmida real hayotda mavjud bo‘lgan o‘zini 24 kishi deb o‘ylovchi Uilyam Milligan ismli shaxs rolini Leonardo Di Kaprio o‘ynaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».

Milliganning taqdiri haqida film olishga dastlab uringan Toni Graff 1997 yilda Denni de Vito yordamida ssenariyning ilk variantini yozib, rejissyorlikka Jeyms Kemeronni, bosh rolga esa Jonni Depp, Bred Pitt, Shon Penn va Kolin Farrel singari aktyorlardan birini taklif qilish rejalashtirilgan edi. Biroq bu amalga oshmay qolgan.

Ssenariyning yangi versiyasi ustida Jeyson Slimovich va Tedd Katsberg ishlaydi. Leonardo Di Kaprio esa bosh rolni o‘ynash bilan birga film prodyuserlaridan biri ham bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Milligan AQShning Ogayo shtatida bir necha talonchilik va zo‘rlash jinoaytlari uchun sudlangan. Biroq advokatlar bu ishlarni uning o‘zi emas, balki ichidagi «muqobil shaxslari» qilganini isbotlagan. U sudda oqlanib, 10 yilga ruhiy kasallar shifoxonasiga jo‘natilgan. Milligan 1988 yilda shifoxonadan chiqqan va o‘tgan yilning dekabr oyida 59 yoshida vafot etgan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Leonardo Di Kaprio o‘zini 24 kishi deb o‘ylaydigan odam rolini o‘ynaydi