16:24 / 23.09.2016
9 226

Sherzod Bin rejissyorlikka qo‘l urdi

Sherzod Bin rejissyorlikka qo‘l urdi

Aktyor va taqlid ustasi Sherzod Saydialiev (Sherzod Bin) ilk bor o‘zini rejissyor sifatida sinab ko‘rmoqda. Bugun, 23 sentyabr kuni Sherzod Saydialievning ilk filmi “Qaysar oshiqlar” kartinasi tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Taqdimot marosimi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi hamda “Kinochilar uyi”da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Filmda bosh rollarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ra’no Yarasheva, Elyor Nosirov, Lola Eltoyeva, aktyorlar Muhammadiso Abdulhairov, Asal Shodieva, Sherzod Saydialiev, Jahongir To‘lqinov ijro etishgan.

Aslida filmning ishchi nomi “Uchrashguncha” deb nomlangan edi.

Sherzod Saydialiev ilk bor o‘zini rejissyor sifatida sinab ko‘rmoqda. O‘z filmida ham rol o‘ynash, ham rejissyorlik qilish oson ish emas, albatta. Ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi, deganlaridek, yangi film ham kamchiliklardan holi bo‘lmasligi aniq. Ammo mazkur kartina o‘zbek kino san’atida keragidan ortib ketgan “xontaxta” filmlar qatoridan joy olmaydi, deb umid qilamiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherzod Bin rejissyorlikka qo‘l urdi