13:22 / 29.09.2016
9 651

Disney kinostudiyasi “Qirol Sher”ning yangi qismini suratga oladi

Disney kinostudiyasi “Qirol Sher”ning yangi qismini suratga oladi

Disney kinostudiyasi «Qirol Sher» multfilmini suratga olishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Kartina rejissyori etib Jon Favro tayinlangan. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

Disney vakillarining xabar berishlaricha, “Qirol Sher”ni suratga olish, shunga o‘xshash kartinalar, masalan, “Jungley kitobi”, “Malefisenta” va “Oppog‘oy”, shuningdek, 2017 yil katta ekranlarga chiqadigan “Sohibjamol va mahluq” kartinalarining muvaffaqiyati bilan bog‘liq.

Yangi “Qirol Sher” o‘zida original multfilmdan bir qancha qo‘shiq va musiqalarni mujassamlashtiradi. Uning ekranlarga chiqish sanasiga oydinlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun: “Qirol Sher” — Disney kinostudiyasining dunyoga mashhur va ommabop kartinalaridan biri hisoblanadi. 1994 yilda u mulfilmlar uchun rekord summa, deyarli milliard dollar mablag‘ jamg‘argan edi. Film ikkita «Oskar», uchta «Oltin globus» va uchta «Gremmi» mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Uning saundtreki ustida Xans Simmer va Elton Jonlar ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Disney kinostudiyasi “Qirol Sher”ning yangi qismini suratga oladi