9 003
“Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri sobiq turmush o‘rtog‘i bilan urishgani uchun hibsga olindi
“Taksi” filmi seriyalarida taksichi Daniel Morales roli bilan mashhur bo‘lgan fransiyalik aktyor Sami Naseri sobiq turmush o‘rtog‘i bilan urishgani uchun Parijda hibsga olindi. Bu haqda La Dépêche du Midi nashri xabar berdi.
Ushbu ish bo‘yicha olib borilayotgan tergov tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan manbaning aytishicha, 53 yoshli aktyor o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i Mari Gillardga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirganligi uchun hibsga olingan.
18 mart kuni Naseri xuddi shunga o‘xshash bo‘lgan qilmishi uchun sud oldida javob beradi. 2014 yilning 15 yanvarida u o‘zining boshqa bir ma’shuqasini urgani uchun hibsga olingandi. U mast holatda nomi aytilmagan ma’shuqasining oldiga mehmonga kelgan. Ular orasida janjal chiqqan. Janjal davomida Naseri pishloq kesishga mo‘ljallangan pichoq bilan o‘zining vena tomirini kesmoqchi bo‘lgan.
Aktyor avvallari ham bir necha marotaba qonunni buzgani uchun hibsga olingan. 2014 yilning martida u bir ayolga pichoq bilan tahdid qilgan, 2013 yilda esa giyohvand moddalar savdogarlari bilan urishgani uchun hibsga olingan. Bundan tashqari, 2011 yilda o‘zining sobiq ma’shuqasining yigitiga pichoq bilan hujum qilgani uchun 16 oy qamoqda o‘tirib chiqqan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi