18:28 / 20.10.2016
9 090

Eminem Trampga qarshi rep kuyladi

Eminem Trampga qarshi rep kuyladi

AQShlik reper Eminem “Saylovoldi nutqi” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini omma e’tiboriga havola etdi. Ayni qo‘shiq orqali reper Trampning AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ygani va siyosiy tadbirlarda so‘zlaydigan nutqlarini qoralamoqda.

8 daqiqalik qo‘shiqda Eminem Trampdan hamma narsani kutish mumkinligi, undan juda ehtiyot bo‘lish kerakligidan ogohlantiradi. Shuningdek, reper ayni qo‘shiqda 2012 yil qo‘lida quroli bo‘lmagan 17 yoshli Treyvon Martinni otib tashlagan Jorj Simmermanni ham “yodga” oladi.

Aytish lozimki, Trampning prezidentlik lavozimini egallashiga qarshi bo‘lgan boshqa xonandalar ham unga atalgan “qo‘shiq”larni kuylashgan.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovlari shu yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Eminem Trampga qarshi rep kuyladi