13:30 / 29.10.2016
7 173

Hurmatli shoumenlar mashhur bo‘laman deb ayollarning etagiga yopishmang

Hurmatli shoumenlar mashhur bo‘laman deb ayollarning etagiga yopishmang

Kechagina deyarli hech kim tanimagan san’atkor qaysidir mashhur yulduz bilan aloqasi tufayli bugun mashhur bo‘lib tursa. Kinoni kassabop qilish uchun mashhur xonandaga uylanish haqida ovoza tarqatilsa, so‘ng esa oramizda hech qanday his tuyg‘ular yo‘q desa. Shu orqali elning og‘ziga tushmoqchi bo‘lgan san’atkorlar yulduz bo‘lishning boshqacharoq yo‘li, mehnat va iqtidorga tayanish usullari haqida o‘ylab ko‘rishsa bo‘lardi. Balki munosabatlar chindir ammo, birinchi, ikkinchi turmush, munosabatlar, his tuyg‘ular qachondan arzon PIARga aylana boshladi? Millatimizda muqaddas sanalgan oila nima uchun arzon PIARga o‘lja bo‘lib xizmat qilmoqda?
Toshkent hokimi kechagina poytaxtda ajrimlar soni ko‘pligi, oqibatda orada bolalar etim qolayotgani haqida kuyinib gapirib unga qarshi kurashish yo‘llarini izlayotganda, aynan shu oilalarga o‘rnak ko‘rsatib «ajrashdi», «uchrashdi», «sevishdi» deb teskari targ‘ibot bilan shug‘ullanayotgan PIARchilar o‘zlari nima qilayotganlarini biladilarmi? Toshkentda ajrashishlar soni ko‘paygan, bu balki ayni shu targ‘ibotlarning ajrashishning qo‘rqinchli emasligi, yolg‘iz onalik, va ikkinchi uchinchi turmushlarni oddiy hayotiy voqeadek qabul qilishga o‘rgatib kelayotgan xorij seriallari va shou-biznesning yengiltak hayotining targ‘iboti natijalari emasmikan?
San’at olamida ham sanoqli shaxslar iqtidori bilan mashhur bo‘lyapti aksariyat yulduzlarning og‘izga tushishlariga yolg‘on munosabatlar yoki to‘rt devor ichidagi gaplarning gazeta jurnal muqovalarini bezayotgani sabab bo‘lmayaptimi? Kechagina 10 kishi tanimagan odam bugun mashhur ayolning etagiga osilib tongda shou yulduzi bo‘lib uyg‘onsa. Barakalla PIARchilar! Odamlarga ham qoyilman falonchining yangi er topganini bir kunda bir saytda 70 ming kishi o‘qisa, boshqasida 100 mingga yaqin odam qiziqsa mana sizga 170 ming o‘quvchining saviyasi.

Oddiy muxlis

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hurmatli shoumenlar mashhur bo‘laman deb ayollarning etagiga yopishmang