“Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva boshqa hamkasblaridan nafaqat ijodi bilan, balki ijtimoiy tarmoqlardagi izohlari bilan ham ajralib turadi. U hayoti ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni parda ortiga yashirmaydi. Tanqidlardan tutoqmaydi, ba’zan ularga parvo ham qilmaydi.
Bugun Lola Yo‘ldosheva baxt haqidagi tasavvurlarini izohlar ekan, o‘zini baxtli ayollar safida ko‘rayotganini ma’lum qildi.
“Baxtsiz odamgina baxt nimaligini biladi... Ha, men bu fikrga qo‘shilgan bo‘lardim... O‘zimning go‘zal hayotimda juda ko‘p sinovlardan o‘tmagan bo‘lsam-da, lekin ko‘p to‘siqlarga uchradim. Men og‘riq (dard), ko‘ngil qolishi, qo‘rquv nimaligini bilaman. G‘ururni erga urishganida... Men qayta oyoqqa turishni, kechirish, anglash va qo‘yib yuborishni bilaman... Men ba’zan hijolat bo‘ladigan darajada xatolar qildim. Lekin, nima bo‘lgan taqdirda ham men o‘zimni hech qachon baxtsiz his qilmaganman. Men, shunchaki, baxt qadrini bilaman.
Muhabbat va hayot katta tuhfa, ba’zan ko‘p mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Qizlar, esingizdan chiqmasin, dunyodagi kichik baxt ham uzoq davom etishi mumkin. Baxtli bo‘linglar!”, yozadi Lola Yo‘ldosheva.
Ayni damda xonanla Lola Yo‘ldosheva 21-22-23 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?