Rossiya estradasining primaddonasi deya e’tirof etiluvchi Alla Pugacheva taxminan 15 kuncha avval yuragidagi og‘riqdan shikoyat qilib, Moskva shifoxonasiga keldi. Tekshiruv tahlillari natijasida shifokorlar 67 yoshli Pugachevaga bir necha xastaliklar bo‘yicha tashhis qo‘yishdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Alla Pugacheva bir necha yildirki, oyoqlaridagi og‘riqlardan aziyat chekadi, oyoqlari vaqti-vaqti bilan shishadi, havoning o‘zgarishi keskin ta’sir ko‘rsatadi.
O‘n yilcha avval Alla Pugacheva yurak qismida qon aylanishini yaxshilash maqsadida jarrohlik operasiyasini boshidan kechirgandi. 1 yil o‘tib operasiya yana qaytadan amalga oshirildi. Ko‘krak qafasida kuchli og‘riqlar haqida gapirar ekan, yulduz: “Afsuski, hammasi bizga bog‘liq emas. Endi men yurak og‘rishi qanday bo‘lishini bilaman”, deydi.
Shifokorlar bunday xastalik yuzaga kelishi 1986 yil sentyabrda Chernobilda o‘tkazilgan konsert bilan bog‘liq. Shu konsertdan so‘ng Pugachevaning endokrin tizimida muammolar yuzaga kelgandi. Shu tariqa, unda qandli diabet ham paydo bo‘ldi. Kasallik sezilmas darajada rivojlanib borgan. Holsizlik, bosh og‘rig‘i, havo etishmasligi, ko‘z oldining qorayishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni Alla Pugacheva kuchi asab zo‘riqishi oqibati deb e’tibor bermagan.
Surunkali charchash, yuqoridagi alomatlar diabetdan darak berdi va Pugacheva zudlik bilan davolanishi tavsiya etildi. Alla Pugacheva o‘z vaqtida salomatligiga va kasallik alomatlariga jiddiy e’tibor qaratmagani uchun qandli diabet kuchayib ketgan.
Ayni vaqtda Alla Pugacheva salomatligiga jiddiy e’tibor qaratib, intensiv davolanishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi