09:42 / 20.11.2016
7 200

Vohid Abdulhakimning ilk yakkaxon konsert dasturi olqishlar bilan kutib olindi

Vohid Abdulhakimning ilk yakkaxon konsert dasturi olqishlar bilan kutib olindi

19 noyabr kuni poytaxtimizning “Turkiston” saroyida xonanda Vohid Abdulhakimning “Omad qushi” deya nomlangan ilk yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Darakchi" nashri.

Xonanda dastur davomida konsertni ko‘proq ijodiy kecha deb atash to‘g‘riroq bo‘lishini ma’lum qildi. Xonandaning ilk konserti anshlag tarzda o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Konsertda 7 dan 70 yoshgacha bo‘lgan muxlislarni ko‘rish mumkin edi.

Konsert dasturining rejissyori hamda boshlovchisi sifatida Comedy.uz rahbari Abror Baxtiyorovich ishtirok etdi. Baxtiyorovich bilan birgalikda konsertga Comedy.uz rezidenti Olim aka ham boshlovchilik qildi.

Vohid Abdulhakimning o‘zi ham konsert dasturi boshlovchiligini ajoyib tarzda uddaladi. U har bir taronasi oldidan uning tarixiga to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, uning farzandiga harom luqma edirib, ohirida bundan pand egan otalarga atalgan, shuningdek farzand dog‘ida kuygan onaizor nolasini kuylagan taronalarini muxlislar ko‘zda yosh bilan kutib olishdi.

3 ta blokdan iborat bo‘lgan konsert dasturida xonandaning 21 ta qo‘shig‘i yangradi, shulardan 10 tasi yangi taronalar.

Bundan tashqari xonandaning Baxtiyorovich bilan ijro etgan hazilomuz jonli ijrodagi dueti tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.

Xonandaning sahnada o‘zini madaniyat bilan tutishidan konsert berishda katta tajribaga ega san’atkorlar ham o‘rnak olsa arziydi.

Konsertda “Tumor” raqs ansambli raqqosalari hamda raqqosa Shodiyora Omonova o‘ziga xos raqslarini taqdim etishdi.

Xonanda muxlislarini 20 noyabr kuni ham o‘zining yakkaxon dasturi bilan xushnud etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Vohid Abdulhakimning ilk yakkaxon konsert dasturi olqishlar bilan kutib olindi