Barchamiz uchun qadrdon bo‘lgan “Mahallada duv-duv gap”, “Sen etim emassan”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab kinofilmlarni tomoshabinlarga taqdim etgan, “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi Shuhrat Abbosov rejissyorligida ishchi nomi “Mahallada duv-duv gap — 2” (“Ana syurprizu, mana syurpriz”) badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlanib qoldi. Film “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda.
“Mahallada duv-duv gap — 2” kinofilmining asosiy voqealari Farg‘ona viloyati (Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Rishton, O‘zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olindi. Bosh qahramon, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – Xosiyat opa va uning uch nafar o‘g‘li atrofida ro‘y beradigan voqealar orqali, umuman respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mahalliy aholi ongida ro‘y bergan ma’naviy o‘zgarishlar, ertangi kunga bo‘lgan ishonchining ortishi jarayoni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi.
Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o‘g‘lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur’at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan.
Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov, Obid Asomov, Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To‘xtaeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O‘ktamova kabi o‘nlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor.
Postanovkachi rejissyorlar – Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosov. Ssenariy muallifi – Shoira G‘iyosova. Ikkinchi rejissyor Farhod Xudoyberdiev. 30 kishidan iborat tasvirga olish guruhi qariyb 50 kundan buyon s’yomka jarayonlarida mehnat qilishmoqda.
Carvar Safarov “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi